Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i xatti-harakati bo‘yicha surishtiruv boshlandi

Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i xatti-harakati bo‘yicha surishtiruv boshlandi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i bozorda ayol kishiga nisbatan noo‘rin xatti-harakatni amalga oshirgani aytilayotgan video tarqaldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, hozirda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va Harbiy prokuratura mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi. Holat Mudofaa vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring