Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa vazirligi basketbol jamoasi Qozog‘istondagi chempionatda sovrindor bo‘ldi

Mudofaa vazirligi basketbol jamoasi Qozog‘istondagi chempionatda sovrindor bo‘ldi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

6—10-dekabr kunlari Qozog‘istonda taniqli basketbolchi va murabbiy Kadirbek Uspanov xotirasiga bag‘ishlab 2002—2003-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha xalqaro chempionati o‘tkazildi. 

O‘tgan yili xalqaro miqyosdagi tanlovga aylangan ushbu chempionatda qatnashish uchun Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahridan ikkita – Chelyabinsk, Kartali va Magnitagorsk hamda Qozog‘istondan Atirau, Kostanay va Olmaota shaharlaridan bittadan jamoalar ishtirok etdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubining jamoasi ham ushbu chempionatda mamlakat sha’nini himoya qilib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

2006 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan turnir avvaliga hududiy, keyinchalik viloyat miqyosida o‘tkazilgan. Sekin-asta barcha viloyatlardan tanlab olingan sportchilardan terma jamoa tashkil qilingan. Shundan so‘ng turnir xalqaro maydonga chiqqach, bu yildan Rossiya va O‘zbekistondan ham vakillar ishtirok etdi.

Joriy yilda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi chempionatda Tyumen va Chelyabinsk viloyatlari terma jamoalari yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Birinchi o‘rin mezbonlarga — Kostanay viloyati jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Rossiyaning «Tyumen-1» jamoasi egalladi.

Turnir g‘oliblari medallar, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring