Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyev nechta kamarni ko‘zlamoqda?

Murodjon Ahmadaliyev nechta kamarni ko‘zlamoqda?

Professional boksda bir qator kamarlar egasi bo‘lib turgan Murodjon Ahmadaliyev kelgusi yilgi rejalar haqida fikr bildirdi.

«Bu yil men uchun unumli yil bo‘ldi. Kamarlarimni himoya qilib yana super chempionlik kamarini qo‘lga kiritdim. 2022 yilda nechta jang o‘tkazmoqchiman? Keyingi yildagi asosiy maqsadim – to‘rtta kamarni birlashtirish. Janglar soniga keladigan bo‘lsak, buni biroz vaqt o‘tganidan keyin bilib olamiz.

Mendan keyin qaysi bokschi chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi? Hozircha, Isroil Madrimov va Bektemir Meliqo‘ziyev jahon chempionlik kamarlariga intilyapti va juda yaqin turibdi», - degan Murodjon Ahmadaliyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring