Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillik bayramida Milliy bankdan mijozlarga yana bir qulaylik yaratildi

Mustaqillik bayramida Milliy bankdan mijozlarga yana bir qulaylik yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyuldagi «Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3142-sonli qaroriga asosoan Toshkent viloyatida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar yanada jadallashtirib olib borilmoqda.

Ayniqsa shaharlardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ishini yaxshilash, viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, shahar va tumanlar aholisining farovonligini oshirish va turmush sifatini yaxshilash borasida ham rejali ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 24 avgustdagi SQ-207-III-sonli qarorida Nurafshon shahri Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilangan.

O‘zmilliybankning Toshkent viloyati filialining yangi ma’muriy binosi Nurafshon shahrida muhandislik-kommunikatsiyasi talablari asosida, zamonaviy ko‘rinishda, bank mijozlari uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan sharoitlar bilan qisqa muddatlarda qurib bitkazildi va kecha, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil topganligining 29 yilligi nishonlanayotgan kunda foydalanishga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring