Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda ayanchli hodisa: olti kishi (uch nafari bola) mashinada yonib ketdi

Namanganda ayanchli hodisa: olti kishi (uch nafari bola) mashinada yonib ketdi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 16 dekabr kuni soat 16:30 larda, Namangan shahri I.Karimov – Istiqlol ko‘chalari kesishgan «Fazo» chorrahasida haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.A. MAN rusumli yuk avtomashinasida harakatlanayotib chorrahadan o‘tayotgan, haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.

To‘qnashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lib, Nexia haydovchisi (42 yosh), haydovchining xotini (39 yosh), haydovchining farzandlari (13 va 10 yosh) va yo‘lovchilar (34 va 7 yosh) hodisa joyida yonib ketib vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan viloyati IIB TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring