Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda xonadonida pul yasab ko‘rganlar ushlandi

Namanganda xonadonida pul yasab ko‘rganlar ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2020-yil 16-dekabr kuni Chortoq tuman IIB va DXX tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xonadonida qalbaki pul yasab ko‘rganlar aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 38 yoshli Foziljon A.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganida, xonadon egasi va 27 yoshli Raximjon A. lar o‘zlari bilan olib kelgan HP rusumli noutbuk, Epson nomli rangli printer hamda turli rangdagi bo‘yoqlar, Delli nomli laminatsiya uskunasi, 1 dona soch quritgich, dazmol va 4 ta qutida A-4 formatdagi qog‘ozlar, xonadon gilami ostidan A-4 format qog‘ozga chiqarilgan 50.000 so‘mlik kupyuradagi 18 dona, 100.000 so‘mlik kupyuradagi 4 dona qalbaki pullar aniqlanib, bayonnoma orqali ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Foziljon A. va Raximjon A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib qalbaki pul yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring