Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narkomoliyaviy terrorizmga qarshi qanday kurashish kerak?

Narkomoliyaviy terrorizmga qarshi qanday kurashish kerak?

Foto:«RIA Novosti»

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ShHT xavfsizlik kengashi kotiblarining kecha, 21-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy antiterror tuzilmasi narkotik moddalarning noqonuniy aylanishidan tushgan mablag‘lardan terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishi lozimligini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Bu borada muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsak, avvalo narkotik moddalarning noqonuniy aylanishidan tushgan mablag‘lardan terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashadigan ishchi guruh tuzishimiz kerak», – deya taklif bildirgan Nikolay Patrushev.

Patrushev, shuningdek, O‘zbekistonning ShHT Mintaqaviy antiterror tuzilmasiga global axborot maydonida yuzaga keladigan tahdidlarni kuzatib borish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha vakolat berish taklifi o‘z vaqtida bildirilganiga urg‘u berdi.

«Shubhasiz, ShHT davlatlari uchun eng katta xavf – xalqaro terrorizm. Unga qarshi kurashishning samaradorligi bevosita keng ko‘lamli antiterror frontini shakllantirish va xalqaro hamjamiyatning barcha a’zolari sa’y-harakatlarini birlashtirishga bog‘liq», – dedi Nikolay Patrushev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring