Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nasaf»ning OFK kubogidagi raqibi ma’lum bo‘ldi

«Nasaf»ning OFK kubogidagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Qarshining «Nasaf» klubi o‘tish finalida Hongkongning «Li Man» jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa finaliga yo‘l olgandi.

Kecha esa o‘tish finalining ikkinchi o‘yinida «Muharraq» va «Kuvayt» jamoalari maydonga tushgan. Unda Bahraynning «Muharraq» jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqqan.

5 noyabr kuni OFK kubogining finali bo‘lib o‘tadi. Qarshiliklar 2011 yilda ushbu musobaqada g‘olib chiqqandi. Oradan 10 yil o‘tib, yana shu natijani takrorlashga yaqin turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring