Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy shahrida bobo va nabira eskalatordan qulab tushdi

Navoiy shahrida bobo va nabira eskalatordan qulab tushdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahridagi «Yangi hayot» savdo majmuasida bobo va nabira eskalatordan qulab tushgani to‘g‘risidagi video lavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB quyidagilarni ma’lum qildi.

Hodisa kecha, 18 fevral kuni soat 20:30larda sodir bo‘lgan. Karmana tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan Sh.T. 3 yoshli nabirasi A.S. bilan Navoiy shahridagi «Yangi hayot» savdo majmuasiga borgan. Ular savdo majmuasining 5 va 4-qavat oralig‘idagi eskalatorda muvozanatni yo‘qotib, 1-qavatga tushib ketgan. Fuqaro Sh.T. voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olgan A.S. esa viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring