Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda inspeksiya boshlig‘i qo‘lga olindi

Navoiyda inspeksiya boshlig‘i qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Zarafshon shahar tabiat resurslari inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi N.Ya. fuqarolar N.H va K.M.ni tanishlari yordamida tuman tibbiyot birlashmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 2 500 AQSh dollarini olib, ushbu pullarni tanishi M.O.ga qoldirib, Zarafshon shahar 12-kichik tuman 51-uyning oldiga kelgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring