Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda ko‘knor sotish bilan shug‘ullangan fuqaroga hukm o‘qildi

Navoiyda ko‘knor sotish bilan shug‘ullangan fuqaroga hukm o‘qildi

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning yanvar oyida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida fuqaro N.Eshquvvattov 10 dona paketga solingan, 2,7 gramm og‘irlikdagi ko‘knor giyohvandlik vositasini Uchquduq tumanida yashovchi shartli xaridorga 100 ming so‘mga sotgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, N.Eshquvvatov shartli xaridorga 5,4 gramm og‘irlikdagi ko‘knorni 230 ming so‘mga sotgani ham ma’lum bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudida bo‘lib o‘tgan majlisda sudlanuvchi N.Eshquvvatov o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror bo‘ldi va guvohlarning ko‘rsatmalari ham bu ayblovlarni to‘liq tasdiqladi.

Sud hukmiga ko‘ra, N.Eshquvvatov Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan uch yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring