Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda MChJ mas’ullari 6,5 mlrd so‘mni «yeb yubordi»

Navoiyda MChJ mas’ullari 6,5 mlrd so‘mni «yeb yubordi»

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «B.» MChJ mas’ul shaxslari Davlat kadastrlari palatasi Karmana tuman bo‘limidan tumandagi «Yoshlik» istirohat bog‘ini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi soxta kadastr hujjatlari rasmiylashtirishga erishib, tijorat banki filialidan istirohat bog‘ini obodonlashtirish hamda texnikalar va attraksionlar xarid qilish uchun ajratilgan 6,5 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «J.A.» oilaviy korxonasi rahbari S.S. va boshqalar naslli chorva mollari sotib olish va qo‘shimcha molxona binosini qurish maqsadida hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan 160 bosh naslli chorva mollarni boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborib, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritsh orqali jami 2 mlrd so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «D.A.» fermer xo‘jaligi rahbari D.A. va boshqalar tijorat bakni filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan olib kelingan nasli chorva mollarini naqd pulga sotib yuborib, 1,6 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring