Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiylik ayollarni Turkiyaga fohishalikka yuborayotganlar ushlandi

Navoiylik ayollarni Turkiyaga fohishalikka yuborayotganlar ushlandi

Illyustrativ surat

Foto: «Aktobe Tayms»

Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, shu yilning 15-avgust kuni Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh tomonidan Samarqand viloyatidagi xalqaro aeroport orqali Turkiyaga yuborilib, odam savdosidan jabrlanishi mumkin bo‘lgan ayollar to‘xtatib qolindi.

Jinoiy guruh a’zosi bo‘lgan samarqandlik R.B. odam savdosi jinoyatidan mo‘may daromad orttirish niyatida Navoiy viloyatidan chet davlatida ishlash istagida bo‘lgan, moddiy muhtoj, ishsiz va turmushidan ajrashgan uch nafar ayolni topib, ularni uy ishlari yoki savdo do‘konlarida sotuvchi bo‘lib ishlash haqidagi aldovlar bilan Turkiyaga jo‘natib, ularni fohishalikda ekspluatatsiya qilishga uringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, unga bu ishni jinoiy sherigi, hozir Turkiyada yashayotgan onasi R.M. buyurganini va yuborilayotgan uch nafar ayolni Istanbul shahrida kutib olishini ma’lum qilgan. R.N. ayollarni jo‘natish arafasida, ularga Turkiyaga borgandan so‘ng badal puli sifatida 6000 AQSh dollari ishlab berishini shart qilib qo‘yadi va ayollarga fohishalikda ishlashga ketayotganliklarini bildiradi.

Bundan xabar topgan ayollar Turkiyaga ketish fikridan qaytishlariga qaramasdan, R.N. ularni «Sizlarning har biringiz uchun alohida chipta rasmiylashtirilgan, agar fikringizdan qaytsangiz, sarflangan xarajatlarni qoplashingizga to‘g‘ri keladi», deb fikrlarini o‘zgartiradi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar ayolni Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan R.N. qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda Navoiy viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring