Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev va Putin nimani muhokama qildi?

Nazarboyev va Putin nimani muhokama qildi?

Foto:«Vesti.ru»

Rasmiy  Ostona 17-aprel kuni bayonot berib, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari Nursulton Nazarboyev va  Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilishgani, suhbatda Suriya atrofidagi mojaro bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilinganini ma’lum qildi.

«Suhbat davomida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, kun tartibidagi xalqaro va mintaqaviy voqealar, jumladan Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi, — deya xabar berdi Oq O‘rda sayti. — Telefon muloqoti Rossiya tomoni tashabbusi bilan amalga oshirildi».

Suhbat tafsilotlari aniq emas, biroq u TIVning yakshanba kuni «Rossiya» telekanalida bergan bayonoti fonida bo‘lib o‘tdi. Ko‘rsatuvda teleboshlovchi Vladimir Solovev Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidan «qora mushuk o‘tgan bo‘lishi ehtimoli» haqida gapirgan edi. «Yoki Qozog‘istonni Rossiyadan ayrib qo‘yish uchun navbatdagi Maydonni Qozog‘istonga yo‘naltirilishini kutishimiz kerakmi?» — degan Solovev.

Qozog‘iston TIV bunga javoban «rasmiy bayonotga tayanish lozimligi»ni maslahat berdi. Axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev esa Vladimir Solovevni «tanimasligi»ni aytdi.

14-aprel kuni Suriyadagi ehtimoliy kimyoviy ob’yektlarga AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan raketa zarbalari berildi. Rossiya AQShning hatti-harakatlari yuzasidan BMT  Xavfsizlik Kengashiga arz qildi, biroq bu borada rezolyusiya qabul qilinmadi, ovoz berishda Qozog‘iston betaraf qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring