Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazorat inspeksiyasi quruvchilarni sifatsiz armaturadan ogohlantirdi

Nazorat inspeksiyasi quruvchilarni sifatsiz armaturadan ogohlantirdi

Foto: Nazorat inspeksiyasi.

Nazorat inspeksiyasi uy qurilishida ba’zi mahsulotlardan foydalanmaslikka chaqirdi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar bo‘limi tomonidan Toshkent shahri hududida metall mahsulotlarini import qilish va ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi «M.E.T» MChJda (nomi o‘zgartirilgan) davlat nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

Nazorat jarayonida sinov va tashqi ko‘rik uchun tanlab olingan metall armatura mahsulotlari import qilinishi chog‘ida ularning «Metallurgiya mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha» texnik reglament talablari hamda amaldagi standartlarga nomuvofiq ekani aniqlandi

Mutaxassislar tomonidan qayd etilishicha, aniqlangan kamchiliklar metall mahsulotda mo‘rtlashish (sinuvchanlikning oshishi), payvandlash jarayonida muammolar yuzaga kelishi, cho‘zilish qobiliyatining kamayishi hamda zilzilaga chidamlilikning pasayishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Mazkur holat bilan «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida» gi qonuni talablariga rioya etilmagani ma’lum bo‘ldi. 

Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan korxonaning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, shuningdek, korxonaga moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha hujjatlar tayyorlanib, belgilangan tartibda sud organlariga yuborildi. 

Bundan tashqari, mazkur mahsulot realizatsiyasini taqiqlash hamda aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha korxonaga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring