Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Neksiya» avtoulovidan 1,37 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

«Neksiya» avtoulovidan 1,37 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Foto: «Guvd.uz»

Joriy yilning 6-yanvar kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida «Neksiya-3» rusumli avtoulov to‘xtatilib tekshirilganda, mazkur avtoulov haydovchisi Kim Dmitriy Vladimirovichning (1975-yilda tug‘ilgan) yonidan og‘irligi 1,37 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring