Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neymar «PSJ»ga qaytishni istamayapti, otasidan «Real» bilan tezroq kelishishini so‘radi

Neymar «PSJ»ga qaytishni istamayapti, otasidan «Real» bilan tezroq kelishishini so‘radi

Foto: «Sport.es»

«PSJ» hujumchisi Neymar boshqa Parij klubida o‘ynash istagida emas, deb xabar tarqatdi ispan nashrlari.

Ayni paytda Braziliyada jarohatini davolayotgan futbolchi o‘z agenti va otasi Neymar da Silvaga Parijga qaytmoqchi emasligini bildirgan.

— «PSJ»ga qaytmayman, bu imkonsiz. Agar u yerga qaytsam, an’analarsiz bu ligaga, muxlislar yana menga hushtakbozlik qilishni boshlashadi, men buni bir daqiqa ham ko‘tara olmayman, — degan Neymar o‘z oilasi va do‘stlariga.

Shu sabab futbolchi otasidan yoz oyida «Real»ga transferini amalga oshirish ishlarini boshlashni so‘ragan.

Avvalroq Neymar «Barselona» rahbariyatiga Kataloniyaga qaytishga qarshi emasligini bildirgan edi. Futbolchi katta pul sabab Fransiya chempionatiga ko‘chib o‘tgani xato bo‘lganini tan olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring