Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Niderlandiyada robotlar quyma metalldan ko‘prik «bosib chiqardi»

Niderlandiyada robotlar quyma metalldan ko‘prik «bosib chiqardi»

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«MX3D-Metal» robot modellari yarim yil ichida dizaynerlik metall ko‘prigini bunyod etdi. Agarda ushbu qurilma mustahkamlik sinovidan muvaffaqiyatli o‘tsa, u Amsterdamga o‘rnatiladi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Robotlar mazkur ko‘prikni metall tomchilaridan yaratdi. Qurilmalarning o‘ziga xos aniqligi sabab to‘rtta elektron robot o‘zining go‘zalligi bo‘yicha ko‘pchilikni hayratga soladigan konstruksiyani bunyod etdi.

Ko‘prikning uzunligi 12,5 metr, eni esa 6,3 metrga teng. Unga ishlatilgan barcha detallarning umumiy uzunligi 1000 kilometrdan ortiq. Ko‘prikni qurishda havozlar va boshqa qo‘shimcha mexanizmlardan umuman foydalanilmagan.

Barcha texnik sinovlar nihoyasiga yetgach, yangi ko‘prik Amsterdamdagi kanallardan birining ustiga o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring