Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har bir hududga nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish uchun 1 mln. dollar ajratiladi

Har bir hududga nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish uchun 1 mln. dollar ajratiladi

Foto: «Med.uz»

Respublikaning har bir hududi uchun 1 million AQSh dollari miqdorida resurs ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi qarorda so‘z boradi.

Hujjatda xususiy tibbiyot tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida urg‘u berilgan. Xususan, «Asaka» aksiyadorlik-tijorat banki qoshida tashkil etilgan nodavlat tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasiga har bir hudud uchun hajmi 1 million AQSh dollari miqdorida bo‘lgan navbatdagi 14 million AQSh dollari hajmidagi transh kredit mablag‘larini ajratish nazarda tutilgan.

Bunda nodavlat tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, xususiy tibbiyot tashkilotlari shifokorlarini malaka oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborishga hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga qaratiladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklariga xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, qaror bilan 2018—2019-yillarda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini kengaytirish bo‘yicha loyihalarning tibbiy ixtisoslik turlari, moliyalashtirish manbalari va hajmlari ko‘rsatilgan manzilli ro‘yxati tasdiqlangan.

Qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan. Uning matni O‘zAda e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring