Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«NTV» jurnalisti 11-qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi

«NTV» jurnalisti 11-qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi

Foto: «Lenta.ru»

Rossiyaning «NTV» telekanali jurnalisti Nikita Razvozjayev o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar qilmoqda.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, muxbir turar-joy binosining 11-qavatidan sakragan.

O‘limidan avval Razvozjayev o‘zining «VKontakte»dagi sahifasida vidolashuv so‘zlarini yozib qoldirgan. U ota-onasi va yaqinlaridan kechirim so‘ragan, o‘limida hech kimni ayblamaslikni aytgan.

«Men umidlaringizni oqlay olmadim. Begona shaharda o‘z xayollarim bilan yakkama-yakka qoldim. Siz yonimda bo‘lsangiz hammasi boshqacha bo‘lardi»,- deb yozgan u ota-onasiga.

Jurnalist, shuningdek, sevgilisiga ham murojaat qilib, undan kechirim so‘ragan.

«Men sen bilan bo‘lishni orzu qilgandim, meni kechirishingga ishongandim. Bunda sening aybing yo‘q», - deb yozgan u.

Nikita Razvozjayev 25 yoshda edi. U 2017 yili Havo desantchilari kunida Gorkiy bog‘idagi voqeadan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan, o‘shanda mast erkak jonli efirda muxbirga musht tushirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring