Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: isroillik olimlar insoniyat uchun inqilobiy yangilik qilishga yaqin turibdi

OAV: isroillik olimlar insoniyat uchun inqilobiy yangilik qilishga yaqin turibdi

Isroil olimlariga ko‘ra, ular sichqonlardagi saraton hujayralarini boshqalariga zarar bermasdan yo‘q qilish uchun inqilobiy texnologiyadan foydalanganlar.

Tel-Aviv universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, «CRISPR Cas-9» genlarini tahrirlash tizimi olimlarga DNKga aniq o‘zgartirish kiritish bilan hayvonlardagi saraton kasalligini davolashda foydalanish mumkin. Professor Den Peyerning ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilgan tadqiqotlari «Science Advances» jurnalida chop etilgan.

Saraton kasalligi mutaxassisi «Times of Israel»ga ushbu jarayonda «nojo‘ya ta’sirlar» mavjud emasligini aytdi va uni «samarali kimyoviy terapiya» deb ta’rifladi.

«Biz muolaja qilingan saraton hujayrasi endi hech qachon faollashmaydi», dedi u.

«Ushbu texnologiya saraton kasalligiga chalingan bemorlarning umr ko‘rish muddatini uzaytirishi mumkin va biz umid qilamizki, bir kun kelib kasallikni davolaymiz», dedi Peyer va ushbu usul uchta davolash davri davomida kasallikni yo‘q qilishga qodir.

«Ushbu texnologiya saraton hujayralaridagi DNKni jismoniy ravishda kesishi mumkin va bu hujayralar omon qolmaydi».

Peyer «Times of Israel» gazetasiga aytishicha, bu jarayon oxir-oqibat kimyoviy terapiyani - bemorlar uchun jiddiy yon ta’sirga olib kelishi mumkin bo‘lgan davolashning agressiv shaklini almashtiradi.

Tadqiqotda saratonning eng tajovuzkor ikki turi - glioblastoma, miya saratoni va tuxumdonlarning metastatik saratoniga chalingan yuzlab sichqonlaridan foydalanishgan.

Muolaja qilingan sichqonlar nazorat guruhining umr ko‘rish davomiyligini ikki baravar oshirgani, hayot darajasi esa 30 foizga yuqori ekanligi aniqlandi, deb xabar berdi «Science Advances».

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring