Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: «Tramp Suriyadagi amerikalik harbiylarni arablar bilan almashtirmoqchi»

OAV: «Tramp Suriyadagi amerikalik harbiylarni arablar bilan almashtirmoqchi»

Foto:«TASS»

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Suriyadagi amerikalik harbiylarni arablar bilan almashtirish maqsadida Yaqin Sharqdagi ittifoqchilariga murojaat bilan chiqdi va ularga o‘z harbiylarini Suriyaga yuborishni taklif qildi. Bu haqda 17-aprel kuni «The Wall Street Journal» xabariga asoslanib «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat maslahatchisi Jon Bolton Misrning Umumiy razvedka xizmati boshlig‘i general Abbos Kamol bilan Misr tomonining ushbu rejaga qo‘shilish istagi bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida muzokara olib borgan.

Gazetaning yozishicha, AQSh ma’muriyati «Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga rejani amalga oshirishda moliyaviy jihatdan ko‘mak berishga tayyorligini» ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Trampning bunday qarorga kelishiga AQSh harbiylari mintaqani tark etganidan so‘ng amerikaliklar nazoratidagi hududning Suriya armiyasi yoki boshqa guruhlar tomonidan egallab olinishidan xavfsirayotgani sabab bo‘lgan.

       

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring