Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo ma’lumoti: 27-fevral kuni havo ilib ketadi

Ob-havo ma’lumoti: 27-fevral kuni havo ilib ketadi

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 27-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +6 ... +8 daraja, kunduzi +15 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi +4 ... +9 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi +4 ... +9 daraja, kunduzi +13 ... +18, Jizzaxda esa kechasi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Qarshida havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +12 ... +17, Termizda esa kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +4 ... +9, kunduzi +13 ... +18 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring