Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo ma’lumoti: O‘zbekistonda sovuq havo saqlanib qoladi

Ob-havo ma’lumoti: O‘zbekistonda sovuq havo saqlanib qoladi

Foto: «Nuz.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 13-yanvar kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -2 ... 0 daraja, kunduzi +7 ... +9 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi mumkin. Kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi -2 ... +3 daraja sovuq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -2 ... -3 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi kutiladi. Kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +4 ... +9 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi va qor yog‘ishi mumkin. Kechasi -8 ... -3 daraja, kunduzi -5 ... 0 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +4 ... +9 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring