Ochildiyu yopildi: Eron nega Ho‘rmuzni yana qulfladi?
Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishdan fikridan qaytdi. Eron Qurolli kuchlari bosh shtabining bu qarorini «Fars» axborot agentligi e’lon qildi.
Bunga sabab sifatida AQSh Eron portlarini qamal qilishda davom etayotgani ko‘rsatilgan.
«Agar qamal davom etsa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilmaydi», — deb yozgan edi avvalroq Eron parlamenti raisi Muhammad Boqir Qolibof X platformasidagi sahifasida.
Bungacha Tasnim agentligi Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ayrim shartlar evaziga ochgani haqida xabar tarqatgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter