Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar saraton kasalligini davolash samaradorligini aniqlash usulini topishdi

Olimlar saraton kasalligini davolash samaradorligini aniqlash usulini topishdi

Foto: «Depositphotos / vitanovski»

Amerikaning Van Andel instituti olimlari oshqozonosti bezi saratonidan qiynalayotgan bemorlarda davolash usulining o‘smaga ta’sirini aniqlashga yordam beradigan maxsus qon tahlilini ishlab chiqishdi.

Test qon tarkibida oshqozonosti bezi saratonining muayyan turida ishlab chiqilib, qon yo‘liga tushadigan sTRA qandi bor-yo‘qligini aniqlab beradi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tip odatda kimyoterapiyadan ta’sirlanmaydi.

«Odamda oshqozonosti bezi saratonining qaysi tipdaligini bilish har bir bemor uchun davolashning to‘g‘ri strategiyasini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega», — deya ta’kidlaydi tadqiqot mualliflaridan biri Brayan Xaab.

Olimlar ularning ishlanmalari shifokorlarga oshqozonosti bezi saratoni chaqirgan o‘smalarni davolashda eng samarali qarorni qabul qilishga yordam berishidan umid qilishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring