Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada-2020 o‘tkazilishi so‘roq ostida: may — sinov oyi bo‘ladi

Olimpiada-2020 o‘tkazilishi so‘roq ostida: may — sinov oyi bo‘ladi

Foto: «The Bell»

Yaponiyadagi Olimpiada koronavirus sababli bekor qilinishi mumkin. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, epidemik vaziyatni hisobga olgan holda, bu mamlakatda xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish qanchalik xavfsizligini tekshirmoqda.

Garchi Yaponiya koronavirus o‘chog‘i bo‘lmasa-da, «Diamond Princess» sayyohlik layneri «Kunchiqar yurt»dagi vaziyatni butunlay izdan chiqarib yubordi. Ushbu kemada koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanganidan so‘ng 3,5 ming nafar yo‘lovchi karantinga tushgandi.

Biroq ularning orasida virus tarqalishining oldini olishning iloji bo‘lmadi. Kemadagi 691 nafar yo‘lovchida kasallik topildi, ulardan to‘rt nafari olamdan o‘tdi.

Yaponiyaning o‘zida jami 19 851 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan.

XOQ a’zosi Dik Paundning ta’kidlashicha, Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari may oyi oxiriga qadar koronavirus nazorat ostiga olingani borasida tekshiruv o‘tkazishadi.

«Olimpiadani bekor qilish masalasi ham ko‘rib chiqilishi ehtimoldan xoli emas», — dedi Dik Paund jurnalistlarga bergan bayonotida.

London Tokio Olimpiadasini Buyuk Britaniyaga ko‘chirish taklifini bergani haqida xabar qilgandik

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring