Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ta’lim sohasidagi rahbar 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi

Ta’lim sohasidagi rahbar 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi

Foto: «iiv.uz»

Shu yilning 13 oktyabr kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro Ch.N. ariza bilan murojaat qilib, unda 2018 yilning oktyabr oyi boshlarida X.A. Oliy ta’lim vazirligida ishlovchi U.A. orqali uning ikki nafar tanishlarini Toshkent huquqshunoslik litseyiga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da qilib, evaziga 3 ming AQSh dollari so‘raganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV va Namangan viloyati IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, xususiy tadbirkor X.A. Namangan shahrining Nodira ko‘chasida fuqaro Ch.N.dan 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. X.A. o‘z ko‘rsatmasida ushbu pullarni o‘qishga kiritish masalasini hal qilish uchun jinoiy sherigi U.A.ga berishi lozim bo‘lganligini ko‘rsatgan.

Foto: «iiv.uz»

14 oktyabr kuni X.A.ning ko‘rsatmasi asosida tezkor tadbir davom ettirilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i U.A. Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani «Qirqqiz» qishloq fuqarolari yig‘ini hududida jinoiy sherigi X.A.dan 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan X.A. va U.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring