Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazorlik 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Olmazorlik 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan yana bir hamyurtimiz vafot etganini ma’lum qildi. 

Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli M.K. (ayol) Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolangan.

Unga «COVID-19»  og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya hamroh kasalliklari bilan og‘rigan.

Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring