Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onlayn tarzda nikohdan o‘tsa bo‘ladimi? Adliya javob beradi

Onlayn tarzda nikohdan o‘tsa bo‘ladimi? Adliya javob beradi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida koronavirus bilan bog‘liq huquqiy masalalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda sohaga oid bir qancha savollarga javob berildi. 

Men chet elda istiqomat qilaman. Hozirgi pandemiya sabab O‘zbekistonga borib, voyaga yetgan farzandimni nikohdan o‘tkazish uchun olib borolmayapman. Sababi yoshlarni biri O‘zbekistonda istiqomat qiladi. Shu sabab O‘zbekistonda tashkil etilgan onlayn nikoh tizimi orqali rasmiylashtirishim mumkinmi?

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Jumladan, nikohni qayd etish uchun FHDYoga elektron arizani my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratilgan.

Buning uchun ikkala tomon (kelin va kuyov) ham elektron raqamli imzo olishi shart. Ariza to‘ldirilganidan so‘ng ikkala tomon ham arizasini o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlashi shart. So‘ng ariza belgilangan FHDYo bo‘limiga kelib tushadi. FHDYo bo‘limi arizani 1 ish kunida qabul qilib oladi.

Hozirda mamlakatimizda karantin choralari qo‘llanilayotgani bois, faqatgina arizalar qabul qilinmoqda. Karantin tadbirlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, nikohlanuvchilar FHDYo bo‘limiga chaqirtiriladi va ularga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma topshiriladi.

Ya’ni joriy etilgan ushbu xizmat faqatgina elektron ariza topshirish imkonini beradi va endilikda nikohni FHDYo bo‘limiga bormasdan turib ham rasmiylashtirish mumkin degani emas.

Oila kodeksining 13-moddasida nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzilishi, shuningdek nikoh tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan keyin, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring