Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Online Sarmoya»: Bankka kelmasdan omonat rasmiylashtirishni istaysizmi?

«Online Sarmoya»: Bankka kelmasdan omonat rasmiylashtirishni istaysizmi?

Foto: «O‘zsanoatqurilishbank»

«O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan respublika banklari ichida birinchilardan bo‘lib, raqamli bank texnologiyalari asosida masofadan turib «Online Sarmoya» omonatini ochish imkoniyati yaratildi.

Endilikda «Uzpsb Mobile» dasturi orqali o‘z plastik kartangizdagi mablag‘ni kunning istagan vaqtida ushbu omonatga o‘tkazishingiz, omonat foizini 24/7 rejimida bankka kelmasdan turib plastik kartaga tushirishingiz, omonatni qayta rasmiylashtirish hamda kommunal va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga to‘lov o‘tkazishingiz mumkin bo‘ladi.

«Online Sarmoya» omonatining afzalliklari: 

  • jamg‘arma kassaga kelib omonat hisobvarag‘i ochish, pulni kassaga topshirish, shuningdek omonatni rasmiylashtirish uchun ortiqcha vaqt sarflanmaydi;
  • plastik karta va bankda avval ochilgan omonat mablag‘larini mobil telefoningizga ulangan «UzPSB Mobile» dasturi orqali onlayn tarzda masofadan boshqarish, eng asosiysi, yuqori foizli omonatlarga joylashtirishi mumkin;
  • omonatga pul mablag‘i qo‘yishda omonatning shartlari bilan «UzPSB Mobile» dasturi orqali tanishish va elektron ofertani tasdiqlash;
  • omonatga hisoblangan foizli daromadni boshqa plastik kartaga, kommunal va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun yo‘naltirish;
  • omonatning saqlash muddati tugaganidan keyin mablag‘ni istalgan onlayn omonat turiga qayta rasmiylashtirish;
  • «UzPSB Mobile» dasturida «Kalkulyator» bandi bo‘lib, omonat turini tanlab, qo‘yiladigan pul mablag‘i kiritilsa, omonatga pul mablag‘ini saqlash davrida qancha foizli daromad hisoblanishi onlayn ko‘rsatiladi;
  • omonatlarga hisoblangan foizli daromadlar va boshqa barcha kirim-chiqimlar bo‘yicha mobil telefoniga SMS xabar keladi.

«Online Sarmoya» omonatining shartlari:

- omonat valyutasi – so‘m;

- omonatning saqlash muddati – 3 oy;

- omonatning minimal miqdori 100 ming so‘m va maksimal miqdori chegaralanmagan;

- omonatning saqlash muddati oralig‘ida qo‘shimcha mablag‘ qabul qilinadi, omonatning yillik foiz stavkasi - 16 %.

Yana bir yangilik! Yaqin kunlar ichida bank tizimidagi barcha omonatlar onlayn tizimga o‘tkaziladi.

«O‘zsanoatqurilishbank» o‘z mijozlarini yuksak qadrlaydi va yanada qulay hamda zamonaviy xizmatlarni joriy qilishda davom etadi!

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Bankning istalgan filialidanveb-saytdan, shuningdek, (0371) 120-45-42 telefon raqami yoki quyidagi manzildan olishingiz mumkin:

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring