Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘qituvchilardan ommaviy test olinmoqda. Ularning aksariyatida simptomsiz va yengil shaklda kasallik aniqlanmoqda

O‘qituvchilardan ommaviy test olinmoqda. Ularning aksariyatida simptomsiz va yengil shaklda kasallik aniqlanmoqda

Foto: SSV matbuot xizmati

O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili gibrid shaklda boshlanmoqda. Bolalarning maktabga chiqishi yoki chiqmasligi ota-onalar ixtiyoriga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

Shu yilning 14-sentyabr kunidan belgilangan sanitariya talablariga javob bergan maktablarda mahalliy xalq deputatlari kengashlari qarori bilan ta’lim jarayonlari boshlanishi kutilmoqda. Bu jarayonda ikki muhim masalaga diqqat qilinishi kerak. Bir tomondan mamlakatdagi 6,2 million nafardan ortiq o‘quvchining salomatligini saqlash muhim bo‘lsa, boshqa tomondan ularga ta’lim beradigan yarim million nafarga yaqin xalq ta’limi xodimlari — o‘qituvchilarning salomatligini asrash har bir rahbardan katta mas’uliyat talab qiladi, deyiladi SSV xabarida.

Qayd etilishicha, 2020-yil 11-sentyabr holatiga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rta ta’lim maktablarining jami 486 521 nafar o‘qituvchilarning 275 616 nafari (56,6 foizi) maxsus laboratoriya usulida koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazildi.

Laboratoriya tahlili natijasida kasallik aniqlangan o‘qituvchilar ro‘yxatga olinib, ularning holati hududlarda tashkil etilgan mobil tez tibbiy yordam guruhlari tomonidan o‘rganilmoqda, kasallik simptomlari aniqlangan o‘qituvchilar shifoxonalarda davolanishga yuborilmoqda.

Ularning aksariyatida kasallik simptomsiz va yengil shaklda kechayotgani ko‘rinmoqda. Bunday o‘qituvchilarimiz uy sharoiritida davolanishga o‘tkazilib, belgilangan davo muolajalarga ko‘ra, ularga bepul koronavirus bokslari (aptechkalar) yetkazib berilyapti.

Shuningdek, bunday o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lganlar hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari tomonidan aniqlanib, ularning ro‘yxatlari karantin tadbirlarini joriy etish uchun hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalariga yuborilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring