Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo–Okeaniyada kurash yangi bosqichda rivojlanadi

Osiyo–Okeaniyada kurash yangi bosqichda rivojlanadi

Foto: KSAO matbuot xizmati

Hindistonning Maxarashtra shtati Puna shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida X-Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionat doirasida konfederatsiyaning ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi va II-Kongressi o‘tkazildi.

Kongressda qit’amizning 24 ta davlatlari Kurash federatsiyasi rahbarlari hamda vakillari ishtirok etishdi.

Kongressni konfederatsiya prezidenti Komil Ro‘ziyev boshqarib borib bugungi kunda kurashni ikki qit’adagi rivoji haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Kongressda ko‘rilgan asosiy masalalardan biri konfederatsiyaning ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdir.

Jahon sporti tajribasi asosida va ikki qit’aning barcha hududida Kurashni birdek rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida Konfederatsiya o‘z faoliyatini hududiy federatsiyalarni tashkil qilish asosida olib boradi.

2018 yil davomida  Osiyo qit’asida 5 ta hududiy federatsiya: Janubiy Osiyo, G‘arbiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Sharqiy Osiyo federatsiyalari faoliyatini boshlaydi. Mazkur hududiy federatsiyalar prezidentlari o‘z hududlari bo‘yicha Osiyo–Okeaniya Kurash Konfederatsiyasi vitse–prezidentlari hisoblanishadi.

Kongress kun tartibiga kiritilgan yana bir muhim masalalardan biri Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Yozgi Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha tashkiliy qo‘mita vakillarini hisobotlari taqdim etildi.

Unga ko‘ra nufuzi jihatidan Olimpiada o‘yinlaridan keyingi o‘rinda turadigan sport bayramida Kurash bahslari 28-30 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.

Yozgi Osiyo o‘yinlarida kurash bahslari 7 vaznda: erkaklar 66,81, 90, +90, ayollar 52, 63, 78 kg.larda har vazn toifasida 2 nafardan ishtirokchilar qatnashishi e’lon qilindi.

Kongress davomida tashkiliy masala ham ko‘rildi unga ko‘ra sport ishlari bo‘yicha vitse–prezident lavozimi joriy etilib bu lavozimga Koreya kurash assotsiatsiyasi prezidenti, KSAO ijroqum a’zosida Kim El Jung bir ovozdan saylandi.

Shuningdek, Bir nechta nominatsiyalarda 2017 –yilning eng yaxshilari deb etirof etilgan kurashchi va murabbiylar, rasmiy shaxslarni taqdirlash marosimi ham tashkil etildi.

                                                                                          KSAO matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring