O‘zbekiston aholisining qancha qismi telefondan foydalanadi?
Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 10 yosh va undan katta aholining 99,3 foizi mobil telefondan foydalangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, telefondan foydalanuvchilar ulushi 2021-yilda 95,7 foizni tashkil etgan. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich barqaror o‘sdi.
2022-yilda ulush 97,8 foizga yetgan bo‘lsa, 2023-yilda 99,1 foizga chiqqan. 2024-yilda ham shu daraja saqlanib qolgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter