Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston nufuzli forumga taklif etilgan yagona mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston nufuzli forumga taklif etilgan yagona mamlakat bo‘ldi

Foto:«Uzbektourism.uz»

28-29-sentyabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni (The International Day for Universal Access to Information, IDUAI)ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn muhokama bo‘lib o‘tadi.

Unda YuNESKO bosh direktori Odri Azule, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, YuNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, «Twitter» ijtimoiy tarmog‘i, «Ochiq hukumat» hamkorligi tashabbusi, «Transparency International» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o‘tkazilmoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan yagona mamlakat ekanini ta’kidlash muhim. Bu O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan shaffoflik va erkin fikrlilikni ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan siyosat natijasida mamlakatimizda ro‘y bergan o‘zgarishlar e’tirofdir.

Tadbir mavzusi: «Jonni omon saqlab, ishonchni mustahkamlab, umid bag‘ishlab axborot olish» deya nomlanadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring