Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kosmetika, oziq-ovqat, yostiqlar. «O‘zbekiston havo yo‘llari» yangilangan xizmatlarni joriy etdi (foto)

Kosmetika, oziq-ovqat, yostiqlar. «O‘zbekiston havo yo‘llari» yangilangan xizmatlarni joriy etdi (foto)

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi bahor kirib kelishi munosabati bilan yo‘lovchilarga to‘liq yangilangan servis mahsulotlari va sahn ovqatlarini taqdim etadi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

1-martdan boshlab boshlab «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning 5 soatdan ortiq davom etadigan parvozlarida biznes-klass yo‘lovchilari uchun yangi dizayndagi va tarkibdagi yo‘l to‘plamlari taklif etiladi. Parvoz paytida zarur bo‘ladigan servis ashyolaridan tashqari unga kosmetik vositalar — Fransiyaning parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaradigan taniqli kompaniyasining qo‘l uchun namlantiruvchi kremi, lab uchun balzam ham kiritilgan.

MAKning o‘rta masofadagi qatnovlarining biznes klass yo‘lovchilari uchun ham yo‘l to‘plamlari yangilandi va to‘ldirildi. Yo‘l qalin jun ro‘mollari va yostiqlarning dizayni va sifati ham o‘zgardi. MDH mamlakatlariga «Boeing 767» va «Boeing 787» havo kemalarida bajariladigan qatnovlarda parvozni qulay o‘tishiga imkon beradigan ergonomik shakldagi yostiqlar taklif etiladi.

Bundan tashqari, yo‘lovchilarning istaklarini hisobga olgan holda MAK xalqaro qatnovlarida sahn ovqatlari turlari yangilandi. Biznes-klass yo‘lovchilari menyusiga yangi turdagi yaxna ovqatlar, desertlar va issiq ovqatlar kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring