Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston ilm-fani judolikka uchradi

O‘zbekiston ilm-fani judolikka uchradi

Foto:«O‘zA»

Atoqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Nusrat Parpiyev 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

N.Parpiyev 1931-yilning 14-oktyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1953-yilda O‘rta Osiyo davlat universitetini, 1956-yilda Moskva davlat universitetining aspiranturasini tamomladi.

N.Parpiyevning muallifligida kompleks birikmalar kimyosi yo‘nalishiga bag‘ishlangan 750 dan ziyod ilmiy maqolalar, 7 ta monografiya, 22 ta mualliflik guvohnomasi va 3 ta patent yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislari tomonidan yuksak e’tirof etilgan.

Uning rahbarligida 50 dan ortiq fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan.

Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring