Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston JSST Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. 53 ta davlatni birlashtirgan JSSTning Yevropa mintaqviy byurosiga O‘zbekiston ham a’zo hisoblanadi.

Joriy yil 17 sentyabr kuni Italiya poytaxti Rim shahrida boshlangan mazkur nufuzli sessiyada inson salomatligi bilan bog‘liq qator muhim masalalar, jumladan, 2018 yilda Yevropada sog‘liqni saqlash holati,  tibbiyot va aholi farovonligini qo‘llab-quvvatlash, mintaqada barqaror rivojlanish uchun inson salomatligini yanada yaxshilashga qaratilgan ko‘plab yo‘nalishlar muhokama etilishi kutilmoqda.

JSST Yevropa mintaqiy byurosining 68-sessiyasi 20 sentyabrga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring