Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston olimpiyachilari Keniyaga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston olimpiyachilari Keniyaga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng. Andijon. 2018-yil 23-mart.

Foto: «Championat.asia»

Osiyo chempionligini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz futbol ishqibozlariga olam-olam quvonch hadya etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Keniyaga yutqazib qo‘ydi. Uchrashuvda 1:2 hisobi qayd etildi.

O‘yinda hisobni mehmonlar ochishdi. 22-daqiqada Onyango Krispinus olimpia terma jamoamiz darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 33-daqiqada Mutamba Pistone hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Andrey Sidorov 75-daqiqada keniyaliklar darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur vaziyatda Zabihillo O‘rinboyev hakam tomonidan belgilangan penaltini ijro etgan, biroq darvozabon to‘p yo‘nalishini topib, zarbata qaytara olgan edi. Qaytgan to‘pga Andrey unga birinchi bo‘lib yetib keldi va gol urdi. Mazkur hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasida yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Navbatdagi o‘yin 26 mart kuni Farg‘onada bo‘liishi rejalashtirilgan.


O‘rtoqlik o‘yini

23-mart. Andijon, «Barkamol avlod» stadioni

O‘zbekiston U23  Keniya U23  1:2

Gollar: Andrey Sidorov (75)  Onyango Krispinus (22), Mutamba Pistone (33)

Amalga oshirilmagan penalti: Zabihillo O‘rinboyev (75, darvozabon)

Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Shoxruh A’zamov, Ravshan Kapadze (barchasi Farg‘ona), Anvar Marajabov (Andijon).

Nazoratchi: Sulton Zaylobidinov (Farg‘ona).

O‘zbekiston: 12. Dilshod Hamroyev, 2. Islom Qobilov, 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Abbos Otaxonov, 6. Azizjon G‘aniyev, 20. Doston Tursunov, 13. Aziz Turg‘unboyev, 15. Oybek Rustamov, 17. Doston Hamdamov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10.Bobir Abdixoliqov (Andrey Sidorov 70).

Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov

Keniya: 18.Ojvang Timoti Odxiambo, 14.Mayk Evans Kibvage, 12.Omvenga Timti Balton, 3.Okumu Yozef Stenli, 2.Amai Atariza, 8.Yida Sven, 19.Ibrohim Shambi Ramazoni, 16.Odnenyi Jafari Ovitti, 7.Kasuti Kliff Koroboi, 17.Odxiambo Onyango Krispinus, 9.Mutamba Pistone Vunyoli

Bosh murabbiy: Mbindyo Frensis Kimanzi

Ogohlantirish: Xojiakbar Alijonov (40)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring