O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun ishga joylashish tartibini tushuntiruvchi materiallar ishlab chiqadi.
O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun ishga joylashish tartibini tushuntiruvchi axborot materiallari ishlab chiqadi. bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati ("Rostrud") rahbarining o‘rinbosari Irina Zubkova bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb etishning bugungi holati va istiqbollari, jumladan, mehnat migratsiyasini tartibga solishning mavjud mexanizmlarini optimallashtirish masalasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, tomonlar O‘zbekiston-Rossiya maqsadli auditoriyasi uchun axborot mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqadi.
"Rossiyada ishlash" platformasi doirasida quyidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi:
axborot tizimlarini integratsiyalash;
O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakolatxonasining shaxsiy kabinetini yaratish;
xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishning asosiy talablari va tartiblarini tushuntirish bo‘yicha qo‘shma axborot materiallarni ishlab chiqish.
“Mamlakatimiz diplomatlari O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish bo‘yicha huquqiy kanallarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirib, ikki davlatning tegishli idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ishga qabul qilishning tashkiliy jihatlarini soddalashtirish, ishonchli ish beruvchilarni tanlashga ko‘maklashish, ularning halolligini birgalikda nazorat qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, Rossiya tomoni mehnat munosabatlarini raqamlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter