Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana bir soha vakillari uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi

O‘zbekistonda yana bir soha vakillari uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Foto:«Xalq so‘zi»

Hukumat qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. 

Mazkur ko‘krak nishoni bilan mamlakatimiz o‘rmon xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, saqlash va ko‘paytirish, ulardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritayotgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar (ma’lumotnoma, so‘nggi uch yil davomida o‘rmonchilik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma bilan birga) O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga har yili 1-fevralga qadar taqdim etiladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya har yili 1- martga qadar nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni o‘rganib chiqadi va yakuniy xulosani qabul qiladi.

Ko‘krak nishoni har yili 21-mart – Xalqaro o‘rmonchilar kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

Taqdirlarganlarga BHMning 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari beriladi.

Avvalroq, Milliy gvardiya xodimlari uchun ko‘krak nishoni ta’sis etilgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring