Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda diniy yo‘nalishdagi yangi telekanal ochiladi

O‘zbekistonda diniy yo‘nalishdagi yangi telekanal ochiladi

Foto:«Asr.uz»

O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan bir necha diniy ta’lim muassasalar faoliyatini umumlashtiruvchi, yangi ta’lim muassasasi — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil qilinishi haqida xabar bergan edik.

Shunigdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi asosiy media tuzilma — “Ziyo” media markazi tashkil etiladi. Uning aosiy vazifasi:  dinning asl insonparvarlik mohiyatini, O‘zbekistonlik allomalar islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan diniy-ilmiy merosini, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda “Ziyo” media markazi ishini samarali tashkil etish maqsadida uni aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmog‘i, zamonaviy telestudiya, televizion uskunalar jamlanmasi, kompyuter texnikalari, dasturiy ta’minot va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlaydi.

Shuningdek, “Ziyo” media markazi 2021-yilning 1-mayiga qadar tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha zamonaviy telestudiya tashkil etish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, kompyuter va server texnikasi va boshqa moddiy-texnika resurslarini olib kirish uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring