O‘zbekistonda yer qimirladi
Bugun, 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan 13:18 da (05.08.2020-yil, Grinvich bo‘yicha 08:18 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi.
Zilzila koordinatalari: 40,2 gradus shimoliy kenglik; 70,84 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 181 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent: 181 km, 3 ball.
- Namangan: 113 km, 4 ball.
- Andijon: 143 km, 3 ball.
- Farg‘ona: 83 km, 4 ball.
- Guliston: 177 km, 3 ball.
- Jizzax: 255 km, 3 ball.
- Samarqand: 336 km, 2 ball.
- Termiz: 453 km, 2 ball.
- Qarshi: 458 km, 2 ball.
- Navoiy: 464 km, 2 ball.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter