Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ham hayvonlarga «pasport» beriladi va egalaridan to‘lov undiriladi

O‘zbekistonda ham hayvonlarga «pasport» beriladi va egalaridan to‘lov undiriladi

Foto: «agriculture.by»

«Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari to‘g‘risidagi nizom»ni tasdiqlash haqidagi qaror (ro‘yxat raqami 3177, 26.08.2019-y.) Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Mazkur Nizomga asosan, identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvonlarning egalaridan undiriladigan to‘lovlar miqdori va shartlari belgilandi.

Identifikatsiya qilish shartnomaga asosan amalga oshiriladi.

  • Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:
  • har bir qoramol, ot, eshak va tuyalar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi – 4 460 so‘m;
  • har bir qo‘y, echki va cho‘chqalar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 foizi – 3 345 so‘m;
  • har bir it va mushuklar uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi – 2 230 so‘m.

Identifikatsiya uchun to‘lov tuman (shahar) veterinariya bo‘limlari hisobvarag‘iga, naqd pul va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.

Veterinariya pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda uning dublikati bepul beriladi.

Eslatib o‘tamiz, hayvonlarni identifikatsiya qilish – bu birkalash, tamg‘alash, jetonlash va chip o‘rnatish orqali hayvonlarni aniqlash imkonini beradigan individual raqam berish va ularga veterinariya pasportini rasmiylashtirishdir.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring