O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilari soni qariyb 565 ming nafarga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan (o‘rindoshlarsiz).
Ushbu ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yili boshiga solishtirilganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 foizga oshgan.
O‘qituvchilarning 71 foizi yoki 401,3 ming nafarini ayollar, 29 foizi 163,6 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni yillar kesimida:
- 2015/2016 — 385 ming;
- 2016/2017 — 390,6 ming;
- 2017/2018 — 409,4 ming;
- 2018/2019 — 444,2 ming;
- 2019/2020 — 486,6 ming;
- 2020/2021 — 508 ming;
- 2021/2022 — 510 ming;
- 2022/2023 — 521,6 ming;
- 2023/2024 — 547,8 ming;
- 2024/2025 — 564,9 ming.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter