Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi qabul qilinadi

O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi qabul qilinadi

Illyustrativ foto

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihlari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi»ga oid farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Olimlarning ta’rifiga ko‘ra, sun’iy intellekt insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intellektual sun’iy tizimdir.

Sun’iy intelekt hozirgi axborot asrida nihoyatda dolzarb bo‘lib, insoniyat sun’iy intellekt orqali XXI asrning global muammolariga ilm-fanda yangi imkoniyatlarni kashf etish yo‘li bilan ijobiy yechimlarni topadi. Shuningdek, bu tibbiyot, ta’lim, energetika, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik va boshqa barcha sohalarda sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshiradi.

Sun’iy intellektni rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalarining o‘rni yildan-yilga ortib bormoqda. 2019-yil yakuni bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi o‘zining oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan dunyo mamlakatlari ichida dastlabki 10 talikda yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni Koreya, AQSh, Yaponiya va Yevropa davlatlari egallagan. Umuman, dunyoda sun’iy intellektga talab va uning qo‘llanilish sohasi ham ortmoqda.

Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, soha va tarmoqlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, «aqlli dasturlar»ning qo‘llanish sohasini kengaytirish bo‘yicha davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ijro etilmoqda.

Loyihada esa bevosita sun’iy intellektni rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan hujjatlar keltirilgan.

Ushbu havola orqali farmon bilan to‘liq tanishish va taklif bildirish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring