Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «yashirin iqtisodiyot» salmog‘i qanday qisqartiriladi?

O‘zbekistonda «yashirin iqtisodiyot» salmog‘i qanday qisqartiriladi?

Foto: «Xabar.uz»

«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturi loyihasiga «yashirin iqtisodiyot» salmog‘ini iqtisodiy usullarni ishlatgan holda qisqartirish masalasi ham kiritilgan.

Qayd etilishicha, bu bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyiha bilan «yashirin iqtisodiyot» omillarini sohalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, uni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Dasturda:

  • iqtisodiy faoliyatni legallashtirish yuzasidan normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish;
  • import qilingan tovarlar hisobotlarining elektron tarzda shakllanishini ta’minlash;
  • ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish;
  • elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
  • naqd pulsiz hisob-kitobni rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, shu jumladan ko‘chmas mulk ob’yektlari va avtotransport vositalari oldi-sotdisi va boshqa yirik miqdordagi bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank orqali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish;
  • tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlariga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik;
  • davlat organlari ishida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nazarda tutiladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring