Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yirik sanoat choy plantatsiyalari tashkil qilinadi

O‘zbekistonda yirik sanoat choy plantatsiyalari tashkil qilinadi

Foto:«Poasii.ru»

«Choy yetishtirishni tashkil etish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli choy hamda choy mahsuloti bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar qilmoqda.

Qaror bilan Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifasi choy urug‘lari va ko‘chatlarini tayyorlashni tashkil qilish, bu sohada mehnat qilayotgan fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, choy yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va yirik sanoat choy plantatsiyalarini tashkil qilish hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring