Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik stipendiantlar Germaniyada tahsil oladi

O‘zbekistonlik stipendiantlar Germaniyada tahsil oladi

«El-yurt umidi» jamg‘armasi va Germaniyaning nufuzli Potsdam amaliy fanlar universiteti (Fachhochschule Potsdam University of Applied Sciences) o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumlarining almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga jamg‘arma matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiatlari Germaniya universitetlari, xususan Potsdam amaliy fanlar universitetida o‘z ilmiy faoliyatini amalga oshirishni istagan talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilarning akademik va madaniy almashinuvi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Potsdam amaliy fanlar universiteti 1991-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 5000 ga yaqin talaba tahsil oladi. O‘quv predmetlari qatoriga Shahar kelajagi, axborot va vizualizatsiya, ijtimoiy va mintaqaviy transformatsiyalar, Yevropa qurilishi va madaniy landshaft mavzularida bir-biriga mos keladigan axborot va muhandislik, ijtimoiy-madaniy va dizayn bo‘yicha o‘quv kurslari kiradi.

Tadbirda, O‘zbekiston ta’lim masalalari bo‘yicha konstruktiv muloqot uchun, shuningdek Germaniya universitetlarini O‘zbekistonga jalb qilish uchun ochiq ekani ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring