Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik tadbirkorlarga «Qoovee» xalqaro onlayn savdo maydoni imkoniyatlari namoyish qilindi (video)

O‘zbekistonlik tadbirkorlarga «Qoovee» xalqaro onlayn savdo maydoni imkoniyatlari namoyish qilindi (video)

NAPA assotsiatsiyasi asoschisi Umid Abdusattorov.

Foto: «Xabar.uz»

O‘tgan yili Toshkentda «Qoovee» kompaniyasining vakolatxonasi ochilgan edi. Shundan buyon «Qoovee Uzbekistan» kompaniyasi «Qoovee.com»ning xalqaro onlayn savdo maydonida o‘zbekistonlik tadbirkorlarga joy ajratish, internet-do‘kon ochish, dunyoning ko‘plab mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari va buyurtmachilari bilan hamkorlik o‘rnatish, o‘z brendlarini himoya qilish va biznesni avtomatlashtirishga ko‘maklashib kelmoqda. 

Shu kunga qadar «Qoovee Uzbekistan» ko‘magida O‘zbekistonning bir qancha kompaniyalari «Qoovee.com»dan ro‘yxatdan o‘tishga ulgurishdi. Tizim orqali ular mamlakatimizda yoki dunyoning boshqa mamlakatlaridan tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilarni, ulgurji xaridorlar, dilerlar, distribyutorlar va hamkorlarni topishlari mumkin.

Bugungi kunda «Qoovee.com» xalqaro onlayn savdo maydoniga dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan bir necha o‘n minglab ulgurchi savdo buyurtmachilari tashrif buyurishadi. Bu esa o‘zbekistonlik tadbirkorlarga o‘z mahsulotlari eksportini ko‘paytirish imkonini beradi.

Tadbirga mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlari taklif qilindi. Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 13-fevral kuni poytaxtimizdagi «Wyndham» mehmonxonasida «Qoovee» kompaniyasi hamda uning O‘zbekistondagi hamkori — NAPA assotsiatsiyasi tomonidan navbatdagi seminar tashkil qilindi. «O‘zbekiston eksporti. Biznesmenlar uchrashuvi» mavzuida o‘tkazilgan ushbu tadbirga mamlakatimizning ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlari taklif qilindi.

Dastlab, NAPA assotsiatsiyasi asoschisi Umid Abdusattorov ishtirokchilarga assotsiatsiyaning maqsad va vazifalari, mahalliy kompaniyalarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

«Qoovee» kompaniyasi asoschisi Turat Bulembayev. Foto: «Xabar.uz»

Shundan so‘ng «Qoovee» kompaniyasi asoschisi Turat Bulembayev xalqaro kompaniyaning faoliyati, imkoniyatlari va onlayn maydonda ishga tushirilayotgan yangi tizimlar, o‘zbekistonlik tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.

Seminar haqida NAPA assotsiatsiyasi asoschisi Umid Abdusattorovdan videointervyu oldik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring